"Atletiko" A Seriya klubidan zo‘r hujumchi oladi

  • 15.08.2021 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich tez orada "Atletiko"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Jurnalist-insayder Jankluka Di Martsioning xabar berishicha, "matraschilar" serbiyalik futbolchining transferi borasida A Seriya klubiga 60 million evrolik taklif yuborgan.

Vlaxovichning transferi masalasi 17 avgust kuni hal bo‘lishi aytilmoqda. Shu kuni "Fiorentina" xo‘jayini Rokko Komisso Italiyaga qaytadi va ushbu masalani ko‘rib chiqadi.

Bundan avvalroq Dushanga "Tottenxem"dan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo “Atletiko” moliyaviy tomondan yaxshiroq taklif yubordi va bu borada favoritga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!