“Atletiko” Ispaniyadan turib “Arsenal”ga ta’sir o‘tkazdi

  • 14 iyun, 2020, 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” frantsiyalik hujumchisi Aleksadr Lyakazettga yangi shartnoma taklif qilishga majbur bo‘ldi.

“Atletiko” 29 yoshli futbolchini o‘z safiga chorlay boshlaganidan keyin londonliklar to‘purarni o‘z safida saqlab qolish uchun kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Lyakazettning o‘zi ham klub rahbariyati bilan kelajagi haqida gaplashib olish istagi borligini bildirgandi.

Aslida Lyakazett 2017 yili “Lion”dan “Atletiko”ga o‘tishga yaqin edi. Lekin transfer oxiriga etmay qolgandi. Ikki yarim yildan buyon “Arsenal”da to‘p surayotgan frantsiyalik hujumchi londonliklar uchun 114 ta o‘yinda 45 ta gol urgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!