
"Atletiko" etakchilarini yo‘qotishda davom etmoqda. Navbatdagisi kim?
«Atletiko» klubi yarim himoyachisi Anxel Korrea jarohat orttirib oldi.
Klub matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga qaraganda, kecha (27 may) tashkil etilgan mashg‘ulotda futbolchi noqulayliklarni his qilgan va tibbiy tekshiruvdan o‘tishga qaror qilgan.
Tekshiruv chog‘ida Korreaning chap oyoq mushagini jarohatlab olgani ma’lum bo‘lgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu mashg‘ulotlarga ruxsat berilganidan buyon «Atletiko»da kuzatilgan uchinchi jarohat.
Bungacha Shime Vrsalko bilan Joau Felish ham jarohatga yo‘liqqan va ular taxminan 3 haftani o‘tkazib yuboradilar.
Fikrlar