
"Atletiko" futbolchisi "Bavariya"ga o‘tishni xohlamaydi, u Gvardiola bilan ishlamoqchi
“Atletiko” Madrid klubi yarim himoyachisi Rodri Ernandes o‘zining kelajak faoliyati borasida gapirib o‘tdi.
Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi “Bavariya”ga emas, “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi. Gap shundaki, u “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola bilan birga faoliyat olib bormoqchi.
Aytish lozimki, myunxenliklar endi bu borada boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Rodri “Atletiko” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “matraschilar” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar