
"Atletiko" turkiyalik himoyachiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi
Qishki transferlar oynasida "Atletiko" Chaglar Seyundjyu bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor, deya xabar tarqatmoqda insayder Matteo Maretto.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachining o‘zi APLga qaytishni istaydi, lekin hali unga Premer-ligadan taklif tushgani yo‘q. Futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun "Portu" va "Roma" klublari harakat qilyapti.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli turk o‘tgan yozda "matraschilar" tarkibiga kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, himoyachi ushbu mavsum jamoasi tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar