"Atletiko" va "Inter" bir futbolchi uchun kurashadi

  • 06.04.2019 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Leverkuzenning "Bayer" klubi vingeri Leon Beyli Evropa grandlarining e’tiboriga tushdi.

Kicker nashrining ma’lum qilishicha 21 yoshli yamaykalik futbolchi uchun ayni damda "Inter" va "Atletiko" Madrid klublari jiddiy kurash boshlab yuborgan. Ularning har ikkalasi ham Beylini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi.

Ma’lumot uchun, Beyli “dorishunoslar” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 38ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!