
"Atletiko" va "Lion" to‘purar bo‘yicha muzokara qilmoqda
"Atletiko" rahbariyati "Lion" klubi bilan frantsiyalik to‘purar Aleksandr Lyakazett bo‘yicha rasman muzokaralarga kirishdi.
Hozircha frantsiyaliklar o‘z hujumchisi uchun 60 million so‘ramoqda.
Alesandr Lyakazett joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 24 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi. "Atletiko" uni yozda jamoadan ketish ehtimoli katta bo‘lgan Antuan Grizmannga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Fikrlar