
"Atletiko" yangi mavsum libosini namoyish qildi (video)
Madridning “Atletiko” klubi yangi 2020/21 yilgi mavsumda foydalanadigan asosiy libosini namoyish qildi.
Yangi ekipirovka ham an’anaviy ranglardan iborat bo‘lib, “matraschilar”ning texnik hamkori hisoblangan Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” ayni damda La Ligada 3-o‘rinda bormoqda. Diego Simeone shogirdlari shuningdek, EChLning 1/4 final masalasini ham ijobiy hal qilishgan.
Fikrlar