Avstraliyaga qarshi uchrashuvlarda hozircha nollar! (O‘yinlar tarixi)

  • 19.01.2024 17:18
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turi doirasida 23 yanvar sanasida Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs guruh peshqadamini aniqlab berishi bilan o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. 

Ayni damda vakillarimiz 4 ochko bilan "B" guruhida ikkinchi o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, ikki o‘yinda ham maksimal ochko to‘plagan "yashil qit’a vakillari" 6 ochko bilan kvartetda birinchi pog‘onadan joy olgan. 

Qayd etish lozim, termamiz hozirga qadar o‘tkazilgan Avstraliyaga qarshi o‘yinlarning birortasida g‘alaba qozona olmagan. 4 uchrashuvda, 3 mag‘lubiyat va 1 durang. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston hali bu terma jamoa darvozasiga biror marotaba ham yo‘l topa olmagan. 

Demak, 23 yanvar sanasida bo‘ladigan o‘yin mana shu "qora an’ana"ga chek qo‘yishning ayni vaqti. 

photo_2024-01-19_05-10-51

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tillaboyev Begzodjon
19/01/2024 21:35
Bizni avstraliyani yutishga kuchimiz yetmaydi avstraliya hindiston emas 50%durang 30%mag‘lubyat 20%yutsak kerak
Sevdiyor Mardonov
19/01/2024 19:04
Omad tilashdan boshqa hech narsa qõldan kelmaydi