
“Ayaks” o‘yinchilari “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tmoqda
“Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Erik ten Xag yozgi transferlar ochilishi bilan “Ayaks”dagi shogirdlarining bir nechtasini yangi klubiga olib o‘tadigan ko‘rinadi.
Niderlandiyalik murabbiy yangi ish joyidagi birinchi transferlaridan biri amsterdamliklar vakili Yurrien Timber bo‘lishini ta’kidalgandi. Endi manchesterliklar 24 yoshli himoyachi Lisandro Martines transferini ham amalga oshirishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Argentinalik futbolchi 2019 yildan beri Niderlandiya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Amsterdamliklar uni 7 million evroga transfer qilgandi. Ayni paytda himoyachining narxi ko‘tarilib, 32 million evroni tashkil qilyapti.
Martines himoya markazi, chap qanot va tayanch zonada o‘ynay oladigan universal futbolchi hisoblanadi. Joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida 24 ta uchrashuvda bitta gol urib, uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar