
"Ayaks" safarda "Sporting" darvozasiga 5 ta gol urdi, Alledan poker (video)
UEFA Chempionlar ligasi "C" guruhining 1-turida “Ayaks” safarda “Sporting” mehmoni bo‘ldi.
Portugaliyadagi “Estadio Jose Alvalade” stadionida kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 1:5 hisobida Amsterdam klubi g‘alabani tantana qildi. Shu kuni “Ayaks” safida Sebasten Alle (2', 9', 51', 63') poker qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Stiven Bergeys (39') mualliflik qildi. “Sporting”ning yagona javob golini Paulino (33') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar