Azamat Murzakanov UFCda 4-jangini o‘tkazadi
2 sentyabr kuni Frantsiyaning Parij shahrida “UFC Fight Night 226” turniri tashkil etiladi. Ushbu jang oqshomida rossiyalik Azamat Murzakanov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida harakat qilayotgan Murzakanovga anchagina tajribali shveytsariyalik Vulkan Ozdemir raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Murzakanov faoliyati mobaynida 13 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 3 tasini UFCda qo‘lga kiritgan. Ozdemirning ko‘rsatkichi esa 18-7 ko‘rinish olgan.

Fikrlar