"Azar men uchun ortiq sportchi emas, u semirib ketgan"

  • 12 yanvar, 2022, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik siyosatchi va sobiq dzyudochi Jan-Mari Dedekker “Real”dagi hamyurti Eden Azar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ular Azar haqida tinmay nolishadi. Ammo bu shunchaki pul va tizim tufayli semirib ketgan semiz yigit. Men uni Belgiya terma jamoasi bilan o‘yinda zaxiraga olingandan keyin stadionni tark etib, gamburger eganini hali ham ko‘rib turibman. Men uchun u endi sportchi emas, ertami-kechmi bularning hammasi yuzaga chiqadi.

Belgiya terma jamoasi Qatarda muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bir qancha futbolchilar allaqachon faoliyatini yakunlash arafasida. Hatto de Bryuyne ham tarkibdan joy uchun raqobatlashishi kerak. Lukaku va Mertens haqida ham shunday deyish mumkin.

Bu keksa avlod. O‘sha janob murabbiy Martinesni ham Belgiya terma jamoasidagi faoliyati yakuniga etmoqda. U psixologik jihatdan qanchalik charchaganini ko‘rish mumkin.

Umid qilamanki, men adashyapman, lekin endi Belgiya terma jamoasiga ishonmayman”, - dedi Dedeker.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!