Azar "Real"dan qachon ketadi?

  • 9 dekabr, 2021, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar qirollik klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda OKDiario nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Azar joriy qishki transfer oynasi davrida Madridni tark etmaydi, chunki u jamoada qolib, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashmoqchi. Agar uning holati o‘zgarmasa, belgiyalik yozda jamoani tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

30 yoshli Azar “Real” safiga 2019 yil 100 mln evro evaziga “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum “qirollik klubi”da jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Azarning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!