
Azar Ronalduni ortda qoldirdi
Kecha Angliya premer-ligasining 33-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Vest Xem”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni “aristokratlar”ga g‘alaba keltirgan har ikkala golga ham Eden Azar mualliflik qildi.
E’tiborlisi, 28 yoshli belgiyalik futbolchi shu tariqa APLdagi gollari sonini 85taga etkazib oldi va bu borada “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldudan (84) o‘zib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003-2009 yillarda MYu sharafini himoya qilgan. Azar esa 2012 yildan buyon “Chelsi” safida to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar