Aziz To‘xtaboev: “Paxtakor”dan ijaraga olingan futbolchilarning xizmatlaridan foydalana olmadik...

  • 22 oktabr, 2019, 18:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Liga kubogi yarim final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinschi qismida mezbonlar ustozi Aziz To‘xtaboev qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramay, uchrashuvni yaxshi boshlagan edik. Hisob 1:3 bo‘lib turgan paytda to‘p darvoza ustuniga tegdi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, bugun asosiy tarkibning bir qator futbolchilari maydonga tusha olishmadi. Xolmuhammedov diskvalifikatsiya tufayli, Milich jarohati bois, Axmadov, Sindarov va Hojimat Erkinov “Paxtakor” jamoasidan ijaraga olinganligi sababli bugun ularning xizmatlaridan foydalan olmadik. Shunday bo‘lsa ham maydonga tushgan futbolchilar borlarini berib o‘ynashdi. Bugun chiroyli o‘yin ko‘rsatishgani uchun shogirdlarimga minnatorchilik izhor etmoqchiman. “Paxtakor” hozirgi kunda O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi. Buniyam tan olish lozim, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
22/10/2019 18:04
Лига кубоги керак эмас супер лига колишни уйланг Азизбек илтимос