BAAda Jaloliddin Masharipov va Otabek Shukurov dueli bo‘lib o‘tdi. Dostonbek Hamdamov jamoasida mag‘lubiyat

  • 15 mart, 2021, 23:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun BAA chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Sharja" uchrashuvi bo‘ldi. Bellashuv ancha qiziqarli o‘tdi. Bir-biriga munosib jamoalar to‘qnashuvini birgina gol hal etdi. 28-daqiqada Karlos Eduardoning penaltidan kiritgan goli "Shabab"ga g‘alaba keltirdi. Mehmonlarda ham 11 metrli jarima zarbasi tepish imkoniyati bo‘ldi. Biroq sharjaliklar vaziyatdan olishmadi.  

Tecno

Mezbonlar safida Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda harakat qildi va 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. Odiljon Hamrobekov bahs oxirlariga yaqin zaxiradan maydonga tushdi. Yana bir hamyurtimiz Azizjon G‘aniev jarohatini davolamoqda. Mehmonlar tarkibida esa, Otabek Shukurov dastlabki daqiqalardan maydonda tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Dostonbek Hamdamov to‘p tepayotgan "Hatta" mehmonda "Xor Fakkan" bilan kuch sinashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Bu bellashuvda ham bitta gol urildi. 86-daqiqada Ramon Lopes mezbonlarga 3 ochko taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Dostonbek Hamdamov 90+3-daqiqada o‘zgartirildi.

BAA chempionati, 21-tur

"Shabab Al-Ahli" - "Sharja" 1:0

Gol: Karlos Eduardo penalti 28

"Xor Fakkan" - "Hatta" 1:0

Gol: Ramon Lopes 86

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!