Badavlat klub "Ayaks"ning eng zo‘r to‘purarini sotib oladi

  • 01.08.2026 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa Chempionlar ligsining amaldagi g‘olibi PSJ rahbariyati «Ayaks» klubi hujumchisi, yosh vinger Mika Godtsni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

21 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi «Monako» yarim himoyachisi, vinger Magnes Akliushni olish rejasiga qo‘shimcha variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda. 

Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

O‘tgan mavsumda Godts «Ayaks» tarkibida eng samarali futbolchiga aylandi. U Niderlandiya chempionatida 32 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. Jami hisobda esa belgilaylik vinger barcha musobaqalar doirasida 44 uchrashuvda ishtirok etib, 17 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Godtsning amaldagi shartnomasi «Ayaks» bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchining bozor qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!