Bahodir Jalolov jang qiladigan kechada afsonaviy ring anonseri ish olib boradi, siz uni yaxshi taniysiz....

  • 06.12.2021 20:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

11 dekabr kuni Dubay shahridagi "Coca-Cola Arena" professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Probellum kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan kechada hamyurtimiz Tokio Olimpiada o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Yana bir qiziqarli jihati mazkur oqshomda afsonaviy ring anonseri Maykl Baffer janglarni e’lon qilib boradi. Baffer o‘z vaqtida Mayk Tayson ishtirok etgan janglarda anorser sifatida ishlab tanilgan edi. Uni mashhur qilgan iborani quyidagi videoda esga olamiz.

Michael_Buffer_Lets_Get_Ready_To_Rumble!!!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!