Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi (foto)

  • 2 iyun, 2022, 08:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, professional boksning og‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida o‘tkazadi. "Show Time" kanali orqali translyatsiya qilinadi kechada Jalolovga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7KO) raqiblik qiladi. Mazkur to‘qnashuv 8 raund etib belgilangan.

Bugun erta tongda bokschimiz murabbiylar To‘lqin Qilichev va Gennadiy Mashyanov bilan okean ortiga jo‘nab ketdi.

IMG_20220602_082012_147

IMG_20220602_082009_073

IMG_20220602_082006_904

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!