
Alisher Yusupov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi!
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochimiz Alisher Yusupov mualliflik qildi.
+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Dzyudochimiz uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.
100+ kg vazn toifasida "Parij-2024" Olimpiadasida ishtirok etayotgan dzyudochimiz chorak finalda mag‘lub bo‘lgach, o‘tish bahsida ishtirok etishi kerak edi.
Uning raqibi Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilinganligi sababli sportchimiz endilikda bronza medali uchun kurashadi.
Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Nimchorak final doirasida Sitora Turdibekova Lin Yu Tingga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raundni 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan hamyurtimiz ikkinchi va uchinchi raundda ham ustunlikni raqibga boy berdi.
Qayd etish lozim, Lin Yu Ting o‘tgan yilgi jahlon chempionatida gender testda testesteron gormoni meyoridan ko‘p, deb topilganligi sabab chetlashtirilgandi. Biroq XOQ unga Parij Olimpiadasida ishtirok etishga ruhsat bergan.
Alisher Yusupov o‘tish bosqichida qatnashadi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Yusupov medallar uchun kurashni davom ettiradi. Tojikistonlik Temur Rahimov bilan chorak finalda bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi va bronza medali uchun o‘tish bosqichida qatnashadi.
Atletimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Safina Sadullaeva engil atletikachilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshlab berdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz V guruhida 1.95 metr natija qayd etdi. Mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatgan Sadullaeva shu tariqa 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final dasturiga yo‘llanma oldi.
Kamonchilarimiz keyingi bosqichga o‘ta olmadi.
Olimpiya o‘yinlarida kamondan otish sportida debyut qilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun musobaqa nihoyasiga etdi. Bugun aralash juftlik dasturining 1/8 finalida ishtirok etgan Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi Bredi Ellison va Kezey Kauxold (AQSh) tandemiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va o‘z ishtirokini tugatdi.
Alisher Yusupov chorak finalda.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Yusupov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Slovakiyalik Marius Fizel bilan bahs olib borgan hamyurtimiz chiroyli g‘alabasi bilan chorak final ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Bugun ishtirokini o‘tkazadigan sportchilarimiz bilan tanishing!
Fikrlar