Bahodir Jalolov: Raqiblardan eng zo‘rini kutganman!

  • 15 sentabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Havaskorlar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar – Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari oltin medalini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov  “neKARAte” YouTube-kanaliga intervyu berdi.

Tecno

Qozog‘istonning vesti.kz sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga raqiblari xaqidagi savollarga javob berdi. Xususan, hamyurtimizdan finalda Qozog‘iston terma jamoasi sardori Qamshibek Ko‘nkaboevga qarshi jang qilish imkoniyati haqida ham so‘rashdi.

19949559_137_0_1280_857_1920x0_80_0_0_63a8f0766b3e002650977c0772871c05

E’tiboringizga ushbu intervyu tarjimasini havola qilamiz.

Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlari finalida amerikalik Richard Torresni mag‘lub etgan. Amerikalik bokschi esa yarim final bahsida Qamshibek Ko‘nkaboevni nokaut qilib, sensatsiya ko‘targandi.

- Olimpiadada hamma raqiblar kuchli edi. Final jangi juda og‘ir bo‘ldi. Birinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordim, - deydi Bahodir Jalolov.

- Torresni finalda ko‘rishni kutganmiding? Yoki ko‘proq Ko‘nkaboev bilan bo‘ladigan navbatdagi jangga tayyorlandingmi?

- Finaldagi raqibim Ko‘nkaboev bo‘ladimi yoki Richard Torresmi menga farqi yo‘q edi. Hal qiluvchi jangda eng zo‘ri bilan jang qilish qiziq edi.

- Eng kuchlisini kutganmiding?

- Ha.

- Olimpiadadagi hakamlik qanday bo‘ldi? Hammasidan qoniqdingmi?

- Mening janglarimda ishlagan hakamlar halol bo‘ldi. Hammasi joyida edi.

131091_680

Ta’kidlash joizki, Bahodir Jalolov va Qamshibek Ko‘nkaboev raqobati zamonaviy boksda ko‘plab muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turadi. Sport olamida o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik sportchilarning o‘zaro raqobatlashuvi anchadan beri bor. O‘ta og‘ir vaznli ushbu ikki bokschi o‘zaro etti marta to‘qnash kelgan va o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi to‘rt bor raqibini mag‘lubiyatga uchratgan.

E’tiborli tomoni, Qamshibek Ko‘nkaboev Bahodir Jalolovga to‘rt bor finallarda – bir marotaba jahon chempionati va uch marta Osiyo chempionatining hal qiluvchi so‘nggi jangida imkoniyatni boy berib, oltin medaldan quruq qolgan.

500_5d865d3b9753d

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasida ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev, hindistonlik Satish Kumar, britaniyalik Freyzer Klark va AQSh vakili Richard Torresni engib, faoliyatida ilk bor Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov professional ringda ham faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirga qadar hamyurtimiz sakkizta jang o‘tkazib, shularning barchasida raqiblarini nokaut qilgan. Qamshibek Ko‘nkaboev ham professional o‘rtasida uchta jang o‘tkazib, barcha bahsni muddatidan oldin yakunladi.

Mutaxassislar Jalolov va Ko‘nkaboev raqobati professional boksda ham davom ettishini ta’kidlayapti.

O‘zbek profisi bir oy ichida AQSh va Kolumbiyada uch bokschini nokaut qildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Bakirov
15/09/2021 10:31
Финалда Камишбекни йенгимади шекилигов
Akbar Bekturdiyev
15/09/2021 13:31
Dalbayobmisanlar, finalda Torres bilan bilan tushibdida, keyin yana finalda Kamshibek bilan tushibdi :)))
Baxil Alihuja
15/09/2021 20:35
Хатолик булса, бизга жунатинг деб ёзилган-ку, лекин хатолик жунатиш ишламайди! Токио олимпиадасида Жалолов ва Кункабоев жанги булмади! Тугриланглар!