
Bahodir Jalolovning sparring raqibi 45 soniyada amerikalik bokschini nokautga uchratdi
AQShning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Uning markaziy jangida 41 yoshli kubalik Luis Ortis amerikalik 30 yoshli Aleksandr Floresga qarshi ringga ko‘tarildi.
Super og‘ir vazn toifasida o‘tkazilgan ushbu jangning 45 soniyasidayoq, Ortis nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Shunday qilib, Ortis faoliyatidagi 32-g‘alabasini (27-nokaut bilan) qo‘lga kiritdi. U faoliyati mobaynida ikki bor mag‘lubiyatga ham uchragan. Flores esa, uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shuningdek, u 18 g‘alaba (16 nokaut) ham qayd etgan. Yana bir jangining natijasi bekor qilingan.
Kubalik Luis Ortis hamyurtimiz Bahodir Jalolov bilan sparring janglarda ham ishtirok etgan.
Fikrlar