Bahrayn-2025. Dzyudochilarimiz O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medal taqdim etdi!

CHERY AUTO

Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. 

Tecno

Delegatsiyamiz ushbu kompleks musobaqada 37 ta oltin, 16 ta kumush, 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. Terma jamoamizga eng ko‘p medallarni aynan dzyudochilarimiz taqdim etishdi. Jami 16 nafar dzyudochi bilan qatnashgan terma jamoamiz yakunda 14 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shulardan 7 tasi oltin medal bo‘ldi. Dzyudochilarimiz yana 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!