Bahrom ringni muddatidan oldin tark etdi
Rossiyaning Noginsk shahri mezbonlik qiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahrom Payozov ringga chiqdi.
31 yoshli bokschimiz professional ringdagi 31 jangini rossiyalik engilmas bokschi Islom Dumanovga qarshi o‘tkazdi.
Sakkiz raund qilib belgilangan ushbu jang oxirigacha davom etmadi. Rossiyalik engilmas bokschining kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgan Bahrom Payozov ikki raunddayoq taslim bo‘ldi. Bu professional ringda 2008 yildan buyon jang o‘tkazayotgan hamyurtimiz uchun faoliyatidagi sakkizinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
24 yoshli Islom Dumanov esa professional bokschilik faoliyatidagi ketma-ket oltinchi g‘alabasini nishonladi.
Fikrlar