
Bakayoko jamoadoshlaridan uzr so‘radi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Temua Bakayoko kechagi mashg‘ulotlar chog‘ida qilgan ishi uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
O‘z navbatidan futbolchilar ham uning bu uzrini qabul qilishgan. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ham frantsiyalik futbolchining ushbu harakatlarini ijobiy baholagan.
Eslatib o‘tamiz, Bakayoko jamoa mashg‘ulotlariga bir soatdan oshiqroq kech qolgani bois 90 ming evro jarimaga tortilgan edi. Bundan tashqari Gattuzo aynan shu sababli jamoa qarorgohini 5 kunga, ya’ni “Bolonya”ga qarshi o‘yinga qadar yopgan edi.
Fikrlar