Barcha yo‘llar Buxoroga olib boradi yoxud "Andijon" O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga necha marta chiqqan?

  • 29 avgust, 2022, 12:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi maqsadlar sari dadil qadam tashlayotgan "Andijon" O‘zbekiston Coca-Cola Kubogida ham yurishini davom ettirayotganidan xabaringiz bor.

Tecno

3 sentyabr kuni “Burgutlar” chorak finalda AGMK klubini qabul qiladi. E’tiborlisi, O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘l olgan 8 ta kuchli jamoa orasida pro ligadan faqat bizning jamoa bor.

Xo‘sh, “Andijon” futbol klubi O‘zbekiston Kubogi tarixida necha marotaba chorak finalga etib kelgan? Ushbu savol aksariyat muxlislarimizni ham qiziqtirmoqda. O‘zbekiston Kubogi tarixidagi hozircha eng yuqori natijamiz aynan chorak final bo‘lib turibdi. Umumiy hisobda jamoamiz bu bosqichga 9 marta etib kelgan bo‘lib, oxirgi bor 2018 yili ishtirok etgan va o‘shanda chorak finalda “Bunyodkor”ga imkoniyat boy berilgan. Bu safar “Andijon” o‘z tarixida 10-marotaba O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

Jamoamizning O‘zbekiston Kubogi chorak finaldagi natijalari

1992 yil

Chorak final

“Navro‘z” –“Navbahor” – 0:1; 1:3

 

1993 yil

Chorak final

“Navbahor” – “Navro‘z” – 4:2; 0:1

 

2000\2001

Chorak final

“Andijon” – “Neftchi” – 1:3

 

2001\2002

Chorak final

“Andijon” – “Qizilqum” – 1:4; 0:5

 

2007 yil

Chorak final

“Quruvchi” – “Andijon” – 3:0; 1:0

 

2010 yil

Chorak final

“Bunyodkor” – “Andijon” – 4:1; 3:1

 

2012 yil

Chorak final

“Andijon” – “Paxtakor” – 1:2; 0:2

 

2016 yil

Chorak final

“Andijon” – “Nasaf” – 0:2; 1:2

 

2018 yil

Chorak final

“Andijon” – “Bunyodkor” – 1:2   

Ko‘rib turganingizdek, “Andijon” bu bosqichda kuchli raqiblar bilan ro‘baro kelgan. O‘sha paytlarda ko‘proq uch-safar tizimida o‘tkazilgan va yana ba’zida g‘olib bitta o‘yinda aniqlangan.

Bularning barchasi tarixda qoldi. “Andijon” klubi endi yangi sahifa ochyapti. Yarim final ostonasida turgan jamoamiz noxush an’anaga chek qo‘yish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Chunki biz 3 sentyabr kuni o‘z maydonimizda O‘zbekistonda tengsiz bo‘lgan ashaddiy muxlislarimizning qarshisida o‘ynaymiz. Shu sababli tarixni birga yaratish uchun ham ushbu o‘yin juda muhim va ahamiyati jihatidan ham yuqori.

Jamoamiz bugundan AGMKga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikka kirishadi. Shuning uchun barcha e’tibor chorak finaldagi bahsga qaratilishi shubhasiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!