
Barchasi hal! "Jenoa" sport direktori Shomurodov transferini tasdiqladi
Hamyurtimiz Eldor Shomurodovga Italiyaning "Jenoa" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu transfer amalga oshishi ehtimoli juda yuqori.
Genuyaliklar sport direktori "Rostov" vakili Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi: Biz transfer borasida o‘zaro kelishuvga erishdik. Menimcha, Shomurodov tez orada shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib keladi. Bu tez fursatlarda amalga oshishiga umid qilaman".
Yurtdoshimiz 2017 yildan beri "Rostov" safida harakat qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida Eldor 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol hamda 12 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar