"Barsa" 18 yoshli hujumchi sotib olishga yaqin turibdi

  • 18 iyun, 2023, 20:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barsa" transferlar oynasida faollashdi. Klub "Atletiko Paranaense"dan Vitor Rokeni sotib olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri. Uning xaridi kataloniyaliklarga 45 million evroga tushadi. Shuningdek, braziliyalik hujumchi 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘yadi. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Vitorga Evropaning 3 ta klubidan jiddiy qiziqish bo‘lgan, lekin u Ispaniyaga yo‘l olishni tanladi. Eng qizig‘i, "Barsa" futbolchiga La Liga ro‘yxatidan o‘tishiga kafolat ham bermagan. 

Ma’lumot uchun, Roke ushbu mavsum "Atletiko Paranaense" tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!