"Barsa" afsonasi B Seriya klubiga o‘tadi!

  • 15 iyul, 2022, 10:30
  • 0
  • Futbol

"Arsenal", "Barselona" va "Chelsi" kabi jamoalarda to‘p tepgan afsonaviy yarim himoyachi Sesk Fabregas faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Bu haqda mashhur jurnalist Janluka di Martsio xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, futbolchi B Seriya vakili "Komo" jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U 2 yillik bitimga rozilik bildirgani aytilmoqda. 

Fabregasning o‘zi Italiyada o‘ynashni ma’qul ko‘rgan. U kelajakda murabbiy bo‘lish uchun shunday qarorga kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, Seskning oxirgi klubi Liga 1ning "Monako" jamoasi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!