"Barsa" ashaddiy raqib "Real" transferidan qariyib bir yarim million yevro foyda ko'radi

  • 16.06.2026 15:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi"dan Madridning "Real"ga klubiga o'tayotgan Mark Kukurelya transferi "Barselona"ga ham moliyaviy foyda keltiradi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar mazkur bitimdan 1,35 million yevro ishlab oladi.

FIFA mexanizmiga muvofiq, transfer uchun to'lanadigan umumiy miqdorning 5 foizi futbolchini tarbiyalagan va uning o'sishiga hissa qo'shgan klublar o'rtasida taqsimlanadi. 

Shu tartibga ko'ra, Kukurelya o'ynagan jamoalardan "Espan'ol" 275 ming yevro oladi. "Xetafe" hissasi 550 ming yevroni tashkil etadi. "Brayton"ga ham 275 ming yevro to'lanadi. Eng katta ulush – 1,35 million yevro esa "Barselona"ga tegishli bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Mark Kukurelya "Real" bilan olti yillik shartnoma imzolagani ma'lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!