“Barsa” bilan to‘qnashuvda o‘zini ko‘rsatgan Vinisius o‘z fikrlarini aytdi
“Real”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan “el-klasiko”da avvaliga bosh murabbiy Xabi Alonsoga qo‘l bermagan, keyin “Barsa” futbolchisi Lamin Yamal bilan mojaroga borgan Vinisius Junior o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- “Real”ning barcha muxlislariga bizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.
“El-klasiko” har doim turli voqealar va hissiyotlarga to‘la o‘tadi. Bu maydonda ham, uning tashqarisida ham yuz beradi. Biz xotirjam bo‘lishga harakat qilamiz, lekin buni har doim ham uddalab bo‘lmaydi.
Maqsadimiz – birovni, o‘yinchi yoki fanatlarni xafa qilish emas. Biz maydonga o‘z klubimiz sharafini himoya qilish uchun chiqamiz. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi, - dedi Vinisius Junior.
Braziliyalik futbolchi 72-daqiqada zaxiraga olinganida bosh murabbiy Xabi Alonsoning qo‘lini siqib qo‘yishga yaramadi. Uchrashuv davomida Lamin Yamalga “gap otgan” Vinisius bahsdan keyin kataloniyalik futbolchi bilan tortishib ketdi.



Fikrlar