“Barsa” birinchi kimdan voz kechishi aniq bo‘ldi

  • 13 iyun, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” tarkibida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Bosh murabbiy Xavi kelasi mavsumda o‘zi foydalanmaydigan o‘yinchilarni sotib yuborib, ulardan bo‘shagan joyga yangi ijrochilarni olib kelmoqchi.

Tecno

Diario AS nashri jurnalisti Xavi Migelning yozishicha, “Barselona” mutasaddilari yangi transferlarga qo‘l urish uchun kamida uchta o‘yinchisini sotib yuborish shartligini tasdiqlagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, birinchi bo‘lib klubni Frank Kessi tark etadi. Bu futbolchi o‘tgan yili “Milan”dan erkin agent sifatida kelgan edi. Uning o‘yini “barsa”ga to‘g‘ri kelmadi.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar hujumkor futbolchilar – Ansu Fati, Ferran Torres hamda himoyachi Erik Garsiyani sotib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!