“Barsa” bo‘lajak “Ronaldu”ni olmoqchi
Portugaliyaning “Sporting” jamoasi futbol olamiga Krishtianu Ronaldudek yulduzni etkazib bergan. Ayni paytda bu jamoa safida bo‘lajak yulduz tarbiyalanmoqda.
16 yoshli hujumchi Sana Fernandesh o‘z iqtidori bilan “Barselona” rahbariyati iqtidorini qozondi. Kataloniyaliklar bu transferni amalga oshirishni istayotganini klub rasmiy sayti e’lon qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, Fernandeshning o‘zi ham “barselona”ga o‘tish istagida va shu bois “Sporting” bilan yangi bitim tuzmaydigan bo‘ldi.
Agar bu transfer amalga oshsa, kataloniyaliklarning joriy transferlar oynasidagi oltinchi yangi o‘yinchisi bo‘ladi.

Fikrlar