
“Barsa”: Bu o‘yinchini puling etsa olasan!
“Barselona” rahbariyati “Manchester Yunayted” so‘rayotgan Frenki de Yongni 100 million evrodan qimmatroq narxga sotishini bildirdi.
Kataloniyaliklar shu paytgacha manchesterliklar taklif qilgan badal summalarini etarli emas, deb hisoblamoqda.
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klub xo‘jayinlaridan unga aynan Frenki de Yongni olib kelishni talab qilmoqda. Chunki niderlandiyalik mutaxassis yangi tarkibni o‘z hamyurti atrofida shakllantirmoqchi. Ten Xag amalga oshirmoqchi bo‘layotgan boshqa transferlar ham Frenkining Manchesterga kelishiga bog‘liq bo‘ladi.
De Yong “Barselona”ga 2019 yili “Ayaks”dan o‘tgan. Yakunlangan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 46 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar