“Barsa”ning qimmatbaho o‘yinchisiga jiddiy xaridor chiqdi

  • 06.05.2022 13:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Gollandiyalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aslida turinliklar bu o‘yinchi “Ayaks”da porlagan kezlariyoq uni transfer qilishni istagan edi. Biroq, Frenki Ispaniyaga ketishni ma’qul ko‘rgan.

Sport.es nashrining ta’kidlashicha, hozir turinliklar bu o‘yinchining transferini ko‘tara olmaydiyu Frenkini olish uchun ular 70 million evro to‘lashi kerak.

Shu bois, “Yuventus” mutasaddilari “Barselona”ga o‘yinchi almashish variantini taklif qilmoqda. Har ikki klub ikki yil muqaddam Miralem Pyanich va Artur Meloni o‘zaro rokirovka qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!