“Barsa” “Chelsi”ni kuydirdi

  • 20 fevral, 2022, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubi “Chelsi” olishga harakat qilayotgan Gavini Londonga qo‘yib yubormaydi. Avvaliga 17 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida bir to‘xtamga kela olmagan “Barselona” mutasaddilari nihoyat vunderkindni qolishga ko‘ndirdi.

Tecno

Ayni paytda tomonlar muzokaraning so‘nggi bosqichiga etib kelgan. “Chelsi” vakillari Gavi hozirgi klubi bilan kelisha olmasa, uni yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.

“Barselona” rahbariyati jamoa kelajagini Gavi bilan bog‘lay boshladi. Lionel Messini o‘rniga haqiqiy etakchiga aylanishi kutilgan Ansu Fati ketma-ket ikkinchi marotaba og‘ir jarohat olganidan keyin kataloniyaliklar uning kelajagidan shubhalanib qoldi.

Endi ular Gavini jamoaning yangi etakchisiga aylantirmoqchi va yaqin kelajakda asosiy tarkibni aynan mana shu futbolchi atrofida shakllantirishni rejalashtiryapti.

Vaziyatning bu darajada o‘zgarib ketishi “Chelsi”ning Gavini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!