
“Barsa” de Yongga nisbatan insofsizlik qilmoqda
Ispaniya nashrlari "Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongga nisbatan noinsoflik qilmoqda, deb hisoblaydi.
"Barselona" va futbolchi o‘rtasidagi “serial” bir necha haftalardan beri davom etmoqda. Avvaliga Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi yangi mavsumda de Yongga ishonch bildirishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu vaziyatda "Manchester Yunayted" unga jiddiy qiziqish bildirgan va tomonlar gollandiyalikning roziligisiz transfer bo‘yicha kelishib olgani aytildi. Biroq de Yong bunga qat’iyan rad javobini bergan. Shundan so‘ng, "Barselona" yarim himoyachidan 20 million evroga yaqin qarzi borligi va ushbu pulni to‘lamaslik maqsadida Frenkidan qutulishga urinayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
"Barselona"ning qilayotgan ishlari g‘alati. Bu axloqiy jihatdan noto‘g‘ri. De Yong maoshi qisqartirishga rozi bo‘ldi. Ular futbolchini o‘zini aybdor his qilishiga harakat qilmoqda. "Barselona"ni bunchalik yomon o‘yin namoyish etayotgani de Yongning aybi ham, muammosi ham emas", - deyiladi ispan OAVida
De Yong kelajagi hali ham aniq emas. Ehtimol, yaqin vaqt ichida barchasiga oydinlik kiritilishi mumkin.
Fikrlar