“Barsa” eng iste’dodli o‘yinchisidan voz kechdi

  • 20.07.2021 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati o‘tgan yili xarid qilingan AQSh terma jamoasi himoyachisi Serjino Destni boshqa jamoaga sotib yubormoqchi.

Aslida Serjino Dest harakatchanligi va ishonchli o‘yini  bilan Kataloniya klubida o‘ynashga loyiqligini isbotlab qo‘ydi. Biroq, moliyaviy inqiroz klub xo‘jayinlarini ayrim futbolchilardan voz kechishga majbur qilmoqda.

Xususan, klub Destni sotish orqali ma’lum miqdorda daromad olish va maosh fondini qisqartirishni ko‘zlamoqda.

20 yoshli futbolchiga ayni paytda “Bavariya” va “Inter”dan qiziqish bor. Milanliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga taklif qilyapti. “Barselona” rahbariyati esa himoyachini birdaniga to‘liq transfer qilmoqchi.

“Ayaks”dan 21 million evroga o‘tgan o‘yinchining hozirgi narxi 30 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!