
“Barsa” futbolchilari Xavining o‘rniga chempion murabbiy tanladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishga qaror qilgan.
Jamoa o‘yinchilari hozirgi bosh murabbiy o‘rniga boshqasi qo‘l ostida to‘p tepmoqchi. Sport.es saytining xabar berishicha, jamoa klub rahbariyati PSJni boshqarayotgan Luis Enrikeni olib kelishini kutyapti.
Luis Enrike o‘tgan yoz Parij jamoasi bosh murabbiyligini qabul qilib olgan edi. Uning asosiy vazifasi jamoani Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirish hisoblanadi.
Ispaniyalik mutaxassis PSJ bilan ikki yillik shartnoma tuzgan va 2025 yilning yozigacha Frantsiya poytaxtida ishlashi lozim. Aynan mana shu masala uning “Barselona”ga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2014-2017 yillar davomida Kataloniyada bosh murabbiylik qilgan va uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, kubogi, Superkubogi, Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Fikrlar