“Barsa” futbolchisi boshqa jamoaga o‘tyapti

  • 23 sentabr, 2024, 15:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumkor futbolchisi Ansu Fati yanvarda boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘lyapti. Navbatdagi jarohatdan keyin 21 yoshli o‘yinchi asosiy tarkibga kirishga qiynalyapti. 

Tecno

Klub rahbariyati Fatini ijaraga jo‘natishga qaror qilgan. Iste’dodli futbolchiga Ispaniya chempionatining yana bir jamoasi – “Sevilya” qiziqish bildirgan. Andalusiyaliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga so‘rayapti. 

Yaqin o‘tmishda “Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchisi, Messining vorisi sifatida e’tirof etilgan Ansu Fati o‘tgan mavsumni ham ijarada o‘tkazgan edi. Ispaniyalik yigit bir mavsum Angliya Premer-ligasida “Brayton” sharafini himoya qilib keldi. 

Fatining “Barselona” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Bir paytlar Kataloniya klubi 200 million evroga sotmagan o‘yinchi hozir 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!