“Barsa” futbolchisi Gavi “Real” futbolasini erga uloqtirdi

  • 18 may, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona” futbolchisi Gavining chempionlik paradidagi xatti-harakat keng muhokama va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, g‘alabani nishonlash chog‘ida o‘yinchilarga futbolka uloqtirilgan va uni Gavi tutib olgan. Bu libos ashaddiy raqib – “Real”ning formasi ekanini ko‘rgan Gavi uni erga uloqtirdi.

Aynan mana shu vaziyat fanatlar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Lionel Messi Kataloniyani tark etganidan keyin ilk marotaba Ispaniya chempionligiga erishdi.

Gavi chempionatda 33 ta uchrashuvda bitta gol va uchta assist bilan jamoaviy g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!