"Barsa" hujumchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

  • 27 avgust, 2022, 16:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettirishi mumkin. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, basklar kecha "Nyukasl"ga 70 million evro evaziga o‘tgan Aleksandr Isakning o‘rniga gollandiyalik futbolchini sotib olish varinatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik futbolchining sotilishi "Real Sosedad" tarixidagi rekord summa bo‘ldi.

"Barselona" transfer oynasi oxirigacha Depayni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi. Avvalroq, niderlandiyalik futbolchi erkin agent sifatida “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi aytilgan edi, ammo yakunda futbolchi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagani uchun transfer amalga oshmay qoldi. Natijada “keksa senora” “Marsel”dan Arkadiush Milikni xarid qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!