“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi

  • 28 aprel, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bir necha yildan beri moliyaviy muammolarni hal eta olmayotgani tarkibga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Tecno

Klub xo‘jayini Joan Laporta klub g‘aznasiga pul tushirish ilinjida. Shu bois, rahbariyat bir necha klublar nishonida turgan himoyachi Ronald Arauxoni yozda sotib yuborishga tayyor.

Bu orqali kataloniyaliklar klub tarbiyalanuvchilari – Pedri va Gavini tarkibda saqlab qolishni rejalashtirgan.

Arauxo 80 million evroga baholanmoqda. Hozirning o‘zida “Mancheste Yunayted” va “Bavariya” kabi superklublar urugvaylik himoyachi uchun pul tikishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!