“Barsa” ikkita “devor” himoyachi topib qo‘ydi

  • 18 oktabr, 07:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” keyingi paytda jamoa tarkibida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida turli chiziqlarga yangi ijrochilarni olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, kataloniyaliklar yozda jamoani tark etgan himoyachi Inigo Martines o‘rnini “Borussiya Dortmund”da o‘ynayotgan Niko Shlotterbek bilan to‘ldirmoqchi.

Manbaga ko‘ra, Bundesliga vakili 25 yoshli himoyachini 40 million evroga baholamoqda. Shlotterbekning o‘zi ham faoliyatini sovrinlar uchun kurashishga qodir qudratli klublardan birida davom ettirish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, “Barselona” sport direktori Deku “Sporting” markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiuni sinchkovlik bilan kuzatib boryapti.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, asli markaziy himoyachi hisoblangan Inasiu ham, xuddi Shlotterbek singari chap qanot himoyasida ham o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!