“Barsa” katta transferga taklif berdi

  • 28.04.2022 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” direktori Mateu Alemani “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski agentlari bilan uchrashuv o‘tkazib, polshalik transferi uchun taklif qilinayotgan shartnoma shartlarini muhokama qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar Bundesliga to‘purariga ikki yillik shartnoma beradi. Shuningdek, Levandovskida hamkorlik yana bir mavsum uzaytirish huquqi ham bo‘ladi.

Shuningdek, “Barselona” xo‘jayinlari Levandovskining bir yillik shartnomasini “Bavariya”dan sotib olish uchun myunxenliklarga 35 million evro miqdorida badal puli taklif qilyapti.

2014 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 43 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qildi va oltita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!