"Barsa" Koutino, Dembele, Vidal va yana 9 nafar futbolchini sotib yubormoqchi

  • 24 iyul, 2020, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi o‘z tarkibini keng tarzda yangilashni rejalashtirmoqda.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, "ko‘k-anor ranglilar" 12 ta futbolchini sotib yuborishni maqsad qilmoqda.

Kataloniya klubining transferga qo‘yiladigan futbolchilari ro‘yxatidan Neto, Nelson Semedu, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Usmon Dembele va Martin Breytueyt o‘rin olgan.

Shu qatorda, ijaradan qaytib keladigan Karles Alenya, Rafinya, Jan-Kler Todibo va Filippe Koutino ham jamoani tark etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing yakunlangan mavsumida "Barselona" klubi "Real"dan 5 ochkoga ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!