
“Barsa” kutgan to‘purar boshqa ligaga ketib qolmoqchi
“Chelsi” hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatida yana o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. 33 yoshli futbolchi o‘tgan yoz “Barselona”dan transfer qilingan edi. Biroq, uni olib kelgan Tomas Tuxel iste’foga chiqarilganidan keyin gabonlik o‘yinchi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.
Obameyangni “Barselona” yana ortga qaytarishni rejalashtirayotgan edi. Kataloniyaliklar uni yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon sifatidabelgilagan.
Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, Obameyang yozda Kataloniyaga emas, Italiyaga ko‘chib o‘tishi ehtimoli katta. Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Inter” tajribali to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Milanliklar afrikalik hujumchini aslida “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan boshqa futbolchi – Romelu Lukaku o‘rnida o‘ynatishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar