“Barsa” Levandovski bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Barselona” polshalik hujumchi Robert Levandovski faoliyati bo‘yicha bir qarorga keldi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari 36 yoshli hujumchi hali uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynay olishiga ishonmoqda.
Levandovski kelasi mavsum ham jamoaning asosiy hujumchilaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Polshalik forvard bu mavsum barcha turnirlardagi dastlabki o‘nta uchrashuvda to‘qqizta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar