“Barsa” Levandovskiga kutilmagan syurpriz tayyorladi

  • 19 avgust, 16:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski shartnoma bo‘yicha so‘nggi mavsumiga kirishdi. Klub mutasaddilari anchadan beri polshalik to‘purar o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirayotgan edi.

Tecno

Ko‘pchilik boshlangan mavsum Levandovski uchun Kataloniyadagi oxirgisi bo‘lishini kutayotgan edi. Biroq klub xo‘jayinlarining maqsadi o‘zgardi.

“Barselona” 36 yoshli hujumchining shartnomasini yana bir yilga uzaytirish optsiyasini ishga solib, Levandovskini 2027 yilning yarmigacha jamoada olib qoladigan bo‘lyapti.

Levandovski 21 avgust kuni 37 yoshga to‘ladi. U 2022 yilning yozida “Bavariya”dan 45 million evroga transfer qilingan edi. Bu savdo o‘zini to‘liq oqladi, deyish mumkin.

Chunki Robert Kataloniyaga ko‘chib o‘tganidan beri hozirga qadar 147 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 101 ta gol urdi va jamoadoshlariga 20 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!